Yangiliklar

11. 07. 25

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ispaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassalari ishtirokida tashkil etilgan hamkor universitetlar sammiti doirasida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Barselona universiteti, Lleida universiteti vakillari bilan bir qatorda mamlakatimizdagi 10 ga yaqin oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va xalqaro hamkorlik yo‘naliahiga mas’ul vakillar ishtirom etdi.

Batafsil
11. 07. 25

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqdaOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil
11. 07. 25

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi. O‘zbekiston yoshlarini ushbu qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.

Batafsil
11. 07. 25

Parij shahridagi YUNESKO shtab-kvartirasida Oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oidGlobal konvensiyaning ishtirokchi davlatlar o’rtasidagi ikkinchi hukumatlararo konferensiyasi o’z ishini boshladi.Konferensiyada O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o’rinbosari Shohrux Daliyev ishtirok etmoqda.

Batafsil
11. 07. 25

Istanbul shahrida “Global Sustainable Development Congress» – Global barqaror rivojlanish kongressi bo’lib o’tdi. «Times Higher Education» (THE) reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro anjumanda 100 dan ortiq mamlakat universitetlari, vazirliklari, nodavlat notijorat va xalqaro tashkilotlari qatorida O’zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda qator yetakchi oliygohlar ham ishtirok etdi.

Batafsil
11. 07. 25

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Otabek Mahkamov rahbarligidagi yurtimizning 13 ta oliygoh vakillaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Xitoyda bo’lib turibdi. Tomonlar 2025-2030-yillarga mo’ljallangan «yo’xaritasi»ni ishlab chiqish, ilmiy forumlar o’tkazish va qo’shma loyihalar masalalari muhokama qildilar.

Batafsil
11. 07. 25

Samarqandda ta’lim, fan va texnologiya sohalaridaO’zbekiston-Xitoy hamkorligiga bag’ishlangan xalqaro forum bo’lib o‘tdi.Forumda O’zbekiston va Xitoy davlat tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi.

Batafsil
11. 07. 25

O’zbekiston va Ozarbayjon OTMlari rektorlari I forumi doirasida 60 ga yaqin hujjat imzolandi.

Batafsil
11. 07. 25

Andijon davlat universitetida»O’zbekiston-Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari» mavzusida O’zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi birinchi forum o’z ishini boshladi. Mazkur forum O’zbekiston va Ozarbayjon o’rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilg’or tajribalarni joriy etish va strategik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda

Batafsil
23. 05. 25

Londonda o’tayotgan Butunjahon ta’lim forumida O’zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, «QS» agentligi sammitini 2025 yilda O’zbekistonda o’tkazish va xorijiy talabalarni jalb qilish dasturini ishlab chiqishga kelishildi.«Pearson Education Limited» kompaniyasi bilan hamkorlikda 14 ta texnikumda xalqaro ta’ lim dasturlarini joriy etish bo’yicha shartnoma imzolandi. 2025/2026-o’quv yilida 1680 nafar o’quvchi 15 ta mutaxassislik bo’yicha tahsil oladi, BTEC modullari […]

Batafsil
23. 05. 25

Namangan shahrida Rossiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi mintaqalararo konferensiya boʻlib oʻtdi.Konferensiya doirasida ikki davlatning oliy ta’lim tizimi vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ilmiy markazlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Batafsil
23. 05. 25

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.Davlatimiz rahbari o’z nutqida fan, madaniyat va ta’limsohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor garatdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo’lishi ta’kidlandi.

Batafsil